AQSh davlat departamentida Vladimir Putinning Moskva “Suriya ozodlik armiyasi”ni qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi bayonotiga izoh berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Amerika diplomatiyasi vakili so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonga Putinning gaplari haqiqatga to‘g‘ri kelish-kelmasligi qorong‘u.
Nashr eslatishicha, avvalroq Purin “Suriya ozodlik armiyasi”ning 5 mingdan ziyod kishilik qismlari hukumat qo‘shinlari bilan hamkorlikda jangarilar nuqtalariga hujum qilayotganini aytgan edi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ularga havodan turib ko‘maklashmoqda va o‘q-dorilar bilan ta’minlab turmoqda.