Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan prezident kengashi majlisini boshlashdan avval sport vaziri Vitaliy Mutkoni qutlab (u 8-dekabrda 57 yoshga to‘ldi), ingliz tilini mustaqil o‘rganuvchilar uchun qo‘llanmani sovg‘a qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “NTV”

Foto: “NTV”

Sport vaziri ingliz tili bilan bog‘liq bir necha kulgili voqealar qahramoniga aylangan. Jumladan, shu yil may oyida Syurixda bo‘lib o‘tgan FIFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga kelganida jurnalistlar bilan inglizcha va ruscha so‘zlarni aralashtirib muloqotda bo‘lgan.

2010-yili Rossiyaning futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishga talabnomasini taqdim etganda esa ingliz tilidagi o‘ziga xos talaffuzi bilan ko‘pchilikni o‘ziga qaratgandi. Shundan so‘ng Internetda paydo bo‘lgan “Vitaliy Mutko from xiz xart” nomli videorolikni ikki millionga yaqin kishi ko‘rgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Erdo‘g‘onning hokimiyatda qolishi Markaziy Osiyo davlatlariga qanday taʼsir qiladi? Ekspertlar fikri
Mahalliy
“Adolat” partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini tasdiqladi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi