Rossiya prezidenti Vladimir Putin YuKOS kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyni afv etish to‘g‘risida qaror qabul qilganida uning boshqa jinoyatlarga aloqasi bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lmagan. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“O‘sha paytda hozir paydo bo‘lgan va tergov idoralari tomonidan olib borilayotgan harakatlarga asos sifatida ko‘rilayotgan ma’lumotlar bo‘lmagan. Gumon va ma’lum bir axborotlar bo‘lgan, biroq tergov idoralari o‘z ishini to‘xtatmagan. Shu bois yangi tafsilotlar paydo bo‘lgani haqida aynan huquq-tartibot idoralari xabar berishi lozim”, — deya qo‘shimcha qilgan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mixail Xodorkovskiyga nisbatan 1998-yilda o‘ldirilgan Nefteyugansk meri Vladimir Petuxov ishi yuzasidan sirtdan ayblov e’lon qilingani, u 11-dekabr kuni so‘roq qilinish uchun Tergov qo‘mitasiga kelishi lozimligi haqida xabar bergandik.
Izoh (0)