Rossiya prezidenti Vladimir Putin Su-24 o‘zi yozib boradigan asbobni rasshifrovka qilishga unda ishtirok etishni istagan barchani taklif qilish lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
U Rossiya barcha detallarni batafsil bilishi lozimligini ta’kidladi.
“Shuning uchun bu asbob bilan xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda, yuqori professional darajada juda ehtiyotkorlik va puxtalik bilan ish olib borish lozim. Nima bo‘lganda ham, biz bu jarayonda qatnashishni istovchi barchani taklif etishimiz kerak”, — deb ta’kidladi prezident.
Putin, shuningdek, o‘ziyozar yozuvlarining mazmunidan qat’iy nazar Rossiyaning hodisaga bo‘lgan munosabati o‘zgarmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)