Suriyada Rossiya konsulligi binosi yaqinida minalashtirilgan avtomobil portladi. Qurbonlar yoki hujum tashkilotchilari to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. Bu haqda Eronning FARS agentligi manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hodisa Aleppo shahrida ro‘y bergan. Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi vakillarining ma’lum qilishicha, u yerda rossiyalik diplomatlar yo‘q, konsullik 2013-yilda yopilgan.
Izoh (0)