Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Ukraina tomonidan Qrimga elektr energiya uzatishni to‘xtatilishini genotsidda, ya’ni ― siyosiy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy asoslar bo‘yicha muayyan guruh yoki butun xalqni yo‘q qilishda aybladi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Medvedevning aytishicha, Rossiya hukumati elektr energiya uzatishning to‘xtatilishiga tayyor bo‘lgan va Qrim inqirozga uchragani yo‘q.
2015-yil 21-noyabrga o‘tar kechasi Ukrainada yarimorolga energiya yetkazib beruvchi liniya tayanch qurilmalari portlatilgandan keyin, Qrim elektr ta’minotisiz qoldi. Buning oqibatida, Qrimda elektr energiyasining ta’minoti tez-tez to‘xtatilib, o‘quv yurtlarida ta’til e’lon qilingan va dam olish oromgohlari dam oluvchilarni qabul qilmay qo‘ygan.
Mahalliy elektr ishlab chiqarish manbalari Qrim ehtiyojining 30 foizga yaqinini qoplaydi.
2015-yil 2-dekabrda Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidan yarimorolga o‘tkazib kelingan energiya ko‘prigining birinchi liniyasi ishga tushirildi.
8-dekabrda esa, Ukraina tomonidan Qrimga energiya uzatish qisman yo‘lga qo‘yilib, jami to‘rtta liniyadan biri ishga tushirildi.
Izoh (0)