Hyundai kompaniyasi Genesis premium subbrendining birinchi modeli — G90 flagman sedanini rasman taqdim etdi, deya xabar bermoqda Motor. Janubiy Koreyada kompaniyaning eng hashamatli modeli EQ900 nomi ostida sotiladi.
G90’ning gabarit uzunligi 5205 mm, eni 1915 mm, balandligi esa 1495 mm. Modelning g‘ildirak bazasi 3160 millimetrga teng.
G90 uchun uchta benzinli dvigatel tayyorlashdi, ulardan biri nadduvli (bosimi atmosferanikidan yuqori bo‘lgan havodan oziqlanadigan), qolgan ikkitasi atmosferali. Motorlarning barchasi sakkiz diapazonli avtomatik uzatish qutisi bilan uyg‘unlashadi.
Genesis G90 sedanining eng kuchli versiyasi 5,7 soniyada soatiga 100 km tezlikka ega bo‘ladi, turbomotorli variantda esa bu ko‘rsatkich 6,2 soniyaga teng.
G90’da mavjud bo‘ladigan uskunalar qatoriga 12,3 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, Lexicon audiotizimi, aylana ko‘rinish tizimi va boshqalar kiradi.
Izoh (0)