Buyuk Britaniya politsiyasi London metrosining Leytonstoun bekatida yo‘lovchilarga uyushtirilgan hujumni terakt sifatida baholadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hujum 5-dekabr, shanba kechki payt ro‘y bergan. Politsiya “Bu sizga Suriya uchun!” deb qichqirgan va yo‘lovchilardan biriga pichoq bilan tashlangan kimsani qo‘lga oldi.
Jabrdiyda bo‘ynidan jiddiy jarohat olgan. Hujum qilgan shaxs ham uni qo‘lga olish chog‘ida elektroshokerdan foydalanilganligi uchun kasalxonaga jo‘natilgan.
Izoh (0)