Imkoniyati cheklangan bolalar (Bolalar serebral falajlanishi sindromiga ega) uchun ijod qilish eng yaxshi dori bo‘lib hisoblanadi. Ular ilhomlanib, o‘zi, yaqinlari va har birimiz uchun qo‘lda yasalgan noyob asarlarni yaratmoqda, deb xabar beradi “Pro reklamu”.
Ular qo‘lda yasagan mayda-chuyda buyumlardan istalganini 3-dekabr, payshanba kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar Respublika bolalar psixonevrologik klinikasida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada xarid qilish mumkin. Ko‘rgazmadan tushgan mablag‘ bolalar bilan ijodiy ishlarni olib borish uchun materiallar olishga sarflanadi. Nafaqat mayda-chuyda buyumlarni xarid qilish, balki qo‘lda yasaladigan buyumlar uchun yordamchi materiallarni ham olib kelish mumkin. Materiallar ko‘rgazma kunidan tashqari, boshqa kunlarda ham qabul qilinadi.
Ko‘rgazma manzili: Respublika bolalar psixo-nevrologik klinikasi, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olmachi ko‘chasi, 1.
Ma’lumot uchun telefonlar: 267-73-50, 267-73-57, +998-99 813-31-33
Izoh (0)