30-noyabr—1-dekabr kunlari Toshkentdagi Grand Orzu mehmonxonasida “Bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlash va ijtimoiy yetimlik profilaktikasi masalalarini OAVlarda yoritish” mavzusida ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi matbuot xizmati.
Unda axborot agentliklari, tele- va radiokanallar, gazeta va jurnallar, veb-saytlar xodimlari qatnashdi.
Seminarda ta’kidlanishicha, bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilarining 15 foizdan kamrog‘igina ota-onalarini yo‘qotgan, bu bolaning davlat qaramog‘iga berilishining oldini olish maqsadida oilalarga ko‘mak berish bo‘yicha profilaktika ishlari va ijtimoiy xizmatlar yetarli darajada olib borilmayotganidan darak beradi.
Seminarda jurnalistikaning turli sohasi mutaxassislari bolalar salomatligini ta’minlash qonunchiligi va mexanizmlari, ijtimoiy zaif oilalar va bolalar bilan ishlash amaliyoti haqidagi tushunchalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Izoh (0)