Hukumat aloqalar markazi nomi bilan mashhur Britaniya xavfsizlik xizmati kompyuterlarni buzib ochishdan foydalanganligini tan oldi va bu bilan Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snoudenning ularga nisbatan ayblovlari haqiqat ekanligini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” Financial Times ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Buyuk Britaniyaning elektron razvedka agentligi Hukumat aloqalari markazi ilk bor sudda kompyuterlarni buzib ochishda ishtirok etganligini tan oldi. Bu ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etish uchun kurashuvchilar va internet kompaniyalarning agentlikning ‘favqulodda faol buzib kirishi’dan Tergov vakolatlari bo‘yicha tribunalga shikoyat qilganidan so‘ng yuz berdi. Da’vo yettita internet provayder va Privacy International xayriya tashkiloti tomonidan Birlashgan Qirollik va chet eldagi buzib kirishlar bo‘yicha Hukumat aloqalar markazi va Forin offisga qarshi kiritilgan”, — deb ma’lum qiladi gazeta.
Izoh (0)