Germaniya Suriyada amalga oshiradigan o‘zining harbiy parvozlarini Rossiya bilan faqat texnik jihatdan muvofiqlashtirishini bildirdi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Avvalroq, Germaniya vazirlar mahkamasi mamlakat harbiy kuchlarining Suriyada IShID guruhiga qarshi olib borilayotgan aksilterror harakatlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatladi.
Mazkur operatsiyada Germaniya 1,2 mingga yaqin harbiydan foydalanmoqchi.
Izoh (0)