Tailandning markaziy qismidagi Angtxong viloyatida 29-noyabr, yakshanba kuni yo‘lovchi avtobusi ag‘darilshi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. 49 kishi, jumladan, besh nafar chet ellik jarohatlangan. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralari vakillariga avtobus haydovchisining ma’lum qilishicha, u rulda uxlab qolganligi sababli Chiangmay shahridan poytaxt Bangkokka ketayotgan transport vositasi katta tezlikda yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilgan. Yo‘lovchilar to qutqaruvchilar yetib kelmaguncha avtobusdan tashqariga chiqolmagan.
Izoh (0)