Rossiya Federal kosmik agentligi (“Roskosmos”) koinotga lazer nuri yordamida simsiz tarzda energiya uzatish bo‘yicha noyob eksperiment o‘tkazishni rejalashtirdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”.
Loyihaga mamlakatning yetakchi laboratoriyalari qo‘shilgan, hozirda samaradorligi qariyb 60 foizga teng fotoelektr priyomniklar-o‘zgartirgichlar bor.
Elektr toki Xalqaro kosmik stansiyaning Rossiya segmentidan “Progress” transport kemasiga uzatiladi, u stansiyadan 1—2 kilometr masofada joylashadi. Elektr energiyasini lazer infraqizil nuri yordamida uzatish texnologiyasi yerda ishlab chiqilmoqda, tizim tajribaviy rejimda muvaffaqiyatli ravishda ishlamoqda.
Samarali lazer tizimlarini yaratish kelajakda elektr energiyasini ancha kuchli energetik uskunalarga ega kosmik qurilmalardan maxsus qabul qiluvchi o‘zgartirgichlar o‘rnatilgan boshqa kosmik qurilmalarga uzatish imkonini beradi. Kosmik qurilmalarga tizimning integratsiya qilinishi yerdan tashqaridagi makonni o‘zlashtirishda yangi imkoniyatlarni ochadi.
Tajribaning qachon o‘tkazilishi ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)