Qrim Krasnodar o‘lkasidan energiya ko‘prigi orqali elektr toki qabul qilishni boshladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” respublika bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Mixail Sheremetga tayanib.
“Bu haqda hali hech kim bilmaydi. Kuban—Kerch energiya ko‘prigi orqali ilk 22 MVt kelib tushdi. Kechasi o‘tkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli kechdi. Birinchi megavattlar Kerchga yetkazildi. U bizning eng olis hududimiz”, — dedi u.
Bosh vazir o‘rinbosari yarim oroldagi energetik ta’minot bilan bog‘liq vaziyatni barqaror og‘ir deb atadi.
Nashr eslatishicha, 20-noyabr kuni yarim orol hududidagi elektr uzatish liniyalari portlashi natijasida Qrimga Ukrainadan elektr energiyasi uzatilishi to‘liq to‘xtatilgan edi. Qrimda 1,9 million kishi chiroqsiz qoldi.
Izoh (0)