Rossiya Federal migratsion xizmati boshlig‘i Konstantin Romodanovskiy MDH davlatlarining migratsiya idoralari rahbarlari kengashining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan majlisida Rossiya ikki mingta suriyalik fuqaroga vaqtinchalik boshpana berganini ma’lum qildi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Suriyada sodir bo‘layotgan voqealar tufayli Rossiyada vaqtinchalik boshpana topgan ushbu davlat fuqarolarining soni ikki mingga yaqinlashdi”, ― deya ma’lum qildi Romodanovskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining 85 ta subyektlaridagi FMX hududiy idoralariga chet el fuqarolaridan qochoq maqomini olish uchun 1166 iltimosnoma kelib tushgan bo‘lib, shundan 26,8% – Afg‘oniston, 23% ― Suriya va 22,6% ― Ukraina fuqarosi murojaat qilgan. 104 kishiga qochoq maqomi berilgan va bu murojaat qilganlar umumiy sonining 8,9% ni tashkil etadi.
FMX hududiy idoralarida ro‘yxatda turgan va qochoq maqomiga ega bo‘lgan umumiy fuqarolar sonining aksariyat qismi Suriya (46,6%) va Ukraina (35,4%) fuqarolariga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi.
Izoh (0)