“Daryo”da yangi doimiy rukn — har kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Rossiyaga “o‘t bilan o‘ynashmaslik”ni maslahat berdi. Yana, Putinga 30-noyabr kuni Parijda uchrashib, gaplashib olishni taklif qildi. Voqealarning to‘liq rivojini esa “Daryo”ning alohida xabarlar oqimida kuzatish mumkin.
2. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya olimlari Chingizxonning qozoq millatiga mansub bo‘lganini isbotlaydi. Nima bo‘lganda ham, qozog‘istonlik yosh olimlar Chingizxonning qozoq bo‘lib chiqishini isbotlashga nega qiziqib qolgani qiziqarli.
3. Isroil bilan yuzaga kelgan mojaroning avj olishi oqibatida falastinlik qurbonlarning soni 100 nafarga yetdi. Bu Isroil—Falastin mojarosi bo‘yicha bugungi yagona xabar emas — bir falastinlik mashinasida isroillik ikki harbiyni urib ketdi.
4. Samvel Babayan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Umuman, bugun tayinlanuvlar kuni — Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi ham Abramov ketganidan keyin bo‘shab qolgan o‘ringa doimiy xo‘jayin topdi.
5. Xonanda Lola Yo‘ldosheva beli ochiq adras libosi uchun tanqid qilganlarni mehr va nur taratishga chaqirdi. Boshqa shou-biznes yangiliklari ham bor — Lolaning yaqin do‘sti hisoblangan boshqa bir xonandani maymunlar tunab ketdi, Nigoraga va nihoyat uylangan Oybek umrida birinchi marta oila qurganiga hammani ishontirishga harakat qilyapti.
Izoh (0)