Germaniya politsiyasi Parijdagi teraktlarda terrorchilar tomonidan foydalanilgan qurollarni sotgan sotuvchini qo‘lga oldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Germaniyada ekstremistlar Xitoyda ishlab chiqarilgan ikkita Kalashnikov avtomati va Yugoslaviyada chiqarilgan ikkita “Zastava M 70” avtomatini qo‘lga kiritgan.
Politsiya Sasha V. nomli kimsa 7-noyabr kuni ismi ko‘rsatilmagan “parijlik arabga” qurol sotganligini aniqladi. Bu ma’lumotni savdogar smartfoniga qayd etgan. U huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olinganligi ta’kidlanmoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, magshtadtlik Sasha V.ning internetda o‘z savdo maydoni bo‘lgan. Uning uyida tintuv o‘tkazilganda, 16 ta o‘qotar qurol topilgan.
Izoh (0)