Yaponiya politsiyasi 25-noyabr, chorshanba kuni eng xavfli yakudza mafiyasi guruhlaridan biri “Kudokay”ning o‘n nafar jangarisi hibsga olinganini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ular jinoyat olami vakillariga xizmat ko‘rsatmasligi haqida e’lon osib qo‘ygan restoranlarni yoqib yuborishga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Hodisalar 2012-yilning avgustida Kitakyusyu shahrida sodir bo‘lgan. O‘shanda yakudza restoran va barlar joylashgan ikkita majmua liftlarida yong‘in chiqargandi. Ushbu muassasalar mahalliy hukumat tomonidan tashkil qilingan, restoran biznesidan uyushgan jinoyatchilikni quvib chiqarish kampaniyasida qatnashgan va o‘z eshiklariga “Yakudza kirishi taqiqlanadi” degan e’lonni osib qo‘ygan edi.
Ayni paytda hibsga olinganlarning bunday turdagi boshqa voqealarga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.
Izoh (0)