Shimoli-g‘arbiy Xitoyning Shensi viloyati, Syanyan shahridagi neftni qayta ishlash zavodida chiqqan yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar yo‘q. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in zavoddagi isitish qurilmalaridan birida kelib chiqqan nosozlik tufayli mahalliy vaqt bilan 16:00 atrofida boshlangan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirgach, maxsus sovutish qurilmalarini o‘rnatgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in zavoddagi portlashdan so‘ng kelib chiqqan.
Izoh (0)