Yevrokengash rahbari Donald Tusk Rossiyaning Su-24 bombardimonchisi urib tushirilganidan so‘ng, barchani o‘zini qo‘lga olishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Rossiya samolyotining aviahalokatidan so‘ng barcha aql bilan ish yuritishi va bosiqroq bo‘lishi kerak”, — deb yozgan Tusk o‘zining tvitterida.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta’kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.
Izoh (0)