21-noyabr kuni Xalq deputatlari Koson tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Xabar berishlaricha, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rilgan.
“Viloyat hokimi tomonidan Koson tumani hokimi lavozimiga taqdim etilgan, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Eshtemirovich Rajapov Koson tumani hokimi etib tasdiqlandi”, — deyiladi hokimlik axborot xizmati xabarida.
Izoh (0)