O‘zbekistonda “Uydagi tinchlikdan sayyoradagi tinchlik sari” an’anaviy aksiyasi boshlandi, u ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik muammosi haqida odamlar xabardorligini oshirishga qaratilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” xalqaro kampaniyasi BMT tomonidan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 1999-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Bu yil aksiya 25-noyabrdan 10-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda 20-noyabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda ayollar va qizlarning 35 foizi hayoti davomida jismoniy yoki boshqa shakldagi zo‘ravonlikka uchraydi.
Izoh (0)