Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida ikki valyutafurush qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Sho‘rchi dehqon bozorida o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida ikki valyutafurush 9,5 ming AQSh dollarini ma’lum summaga kelishib sotayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Tekshiruv vaqtida ulardan birining yonida 2,115 million so‘m borligi aniqlanib, mazkur pul mablag‘i ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
“Ularga sud tomonidan tegishli tartibda jazo tayinlandi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)