Rossiyaning Airbus A321 samolyoti halokatga uchrashiga sabab bo‘lgan portlovchi qurilmaning surati, agar u soxta bo‘lmasa, bomba Misr hududida tayyorlanganligidan guvohlik beradi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
“Tarqatilgan suratda tasvirlangan banka faqat Misr hududida sotiluvchi brendga mansubdir. Bu bombaning chet davlatda emas, Misrda yig‘ilganligidan guvohlik berishi bilan birga, terrorchilar tomonidan (agar surat aynan ular tomonidan tarqatilgan bo‘lsa) tergovni chalg‘itish maqsadida yolg‘on ma’lumot tarqatishga urinish bo‘lishi ham mumkin”, — deyiladi manbada.
Manbada ta’kidlanishicha, ichimlikning alyumin idishidan portlovchi qurilma sifatida foydalanish ehtimoli mavjud bo‘lib, u samolyot korpusini parchalashga qodir bir kilogrammgacha trotil kuchiga ega bomba tayyorlash imkonini beradi.
Izoh (0)