Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi terrorchilarni 40 ga yaqin davlat, jumladan, G20 ga kiruvchi bir qator davlatlar ham moliyalashtirayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Prezidentning so‘zlariga qaraganda, bu mavzu Antaliyada G20 sammitida ko‘tarilgan.
U tomonlar Rossiya tashabbusi bilan qabul qilingan terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish va terrorchilar egallagan hududlarda o‘g‘irlagan san’at buyumlarining noqonuniy savdosini to‘xtatish to‘g‘risidagi BMT Xavfsizlik kengashining tegishli rezolyutsiyasini ijro etish zaruratini muhokama qilganligini ta’kidladi.
Izoh (0)