Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida Bolalar va o‘smirlar sport majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Farg‘ona haqiqati” xabar bermoqda.
Yangidan qurilgan va o‘z faoliyatini boshlagan sport majmuasida yopiq zal, tennis maydonchalari, 5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan futbol maydoni bor.
Majmuaning yugurish yo‘laklarida bir vaqtning o‘zida sportning 11 yo‘nalishida 532 nafar bolalar muntazam shug‘ullanish imkoniyatiga ega.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyatida 2015-yil oxirigacha 23 ta sport-sog‘lomlashtirish obyekti, bitta musiqa va san’at maktabini qurib bitkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)