O‘zbekistonlik Mastura Ostonova marafoncha yurishda (masofasi roppa-rosa 42 kilometru 195 metr) tengsiz sport faxriylaridan biri sanaladi, deb yozadi “Xalq so‘zi” gazetasi.
Jismoniy tarbiya fakultetida tahsil olganman Mastura Ostonova o‘qishni tugatgunga qadar birinchi razryadli sportchi normativini bajargan. Keyinchalik sport ustaligiga nomzod bo‘ldi.
U churra kasalligiga chalinib, uzoq vaqt sportdan yiroqlashdi va 21 yil yurish yo‘lagiga chiqmadi. 2007-yildan boshlab xuddi avvalgidek sportcha yurish bilan shug‘ullanishga kirishdi. Ostonova “Buxoro” sport majmuasiga kelib, taniqli yengil atletikachi, ayni damda murabbiylik faoliyati bilan mashg‘ul Amir Garifullin bilan shug‘ullana boshladi.
2012-yilning sentabrida Mastura Ostonova xorijda tashkil etilgan xalqaro marafon qatnashchilari safidan o‘rin oldi. 2013-yilgi mazkur musobaqada masofani 3 soatu 51 daqiqa 18 soniyada bosib o‘tgach, xalqaro sport texnik komissiyasi tomonidan unga sport ustasi unvoni berildi. Bir necha yildirki, o‘zbekistonlik sportchi xalqaro marafon turnirlarida muntazam qatnashib kelmoqda. Joriy yilda tashkil etilgan musobaqada 55—59 yoshli faxriy sportchilar o‘rtasida Mastura Ostonova ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)