17-noyabrga o‘tar kechasi Fransiya harbiy-havo kuchlari Suriyada IShID guruhi tayanchi hisoblangan Rakka shahrini yana bombardimon qildi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Fransiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, natijada qo‘mondonlik punkti va mashg‘ulotlar lageri yo‘q qilingan. Reydda 10 ta harbiy samolyot qatnashdi. Parij vaqti bilan 1:30 da ular Rakkadagi nishonlarga 16 ta bomba tashladi.
Eslatib o‘tamiz, 16-noyabr kuni Fransiya aviatsiyasi Parijdagi ketma-ket teraktlardan so‘ng IShID nuqtalariga birinchi marta zarba bergani xabar qilingan edi.
Izoh (0)