Sharqiy Xitoyda yer o‘pirilishi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 27 kishiga yetdi, yana 10 kishi bedarak yo‘qolgan, deya xabar bermoqda “TASS” Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr, shanba kuni Chjeszyan provinsiyasidagi Lishuy qishlog‘ida sodir bo‘lgan yer o‘pirilishi 27 ta uyni vayron qildi. Ayni paytda u yerda kichik ko‘l yuzaga kelgan, u davom etayotgan jala bilan birga qidiruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.
Voqea joyida qutqaruvchilar, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi harbiy xizmatchilari va politsiyachilar — jami 2,3 mingga yaqin kishi ishlamoqda.
Izoh (0)