AQShning Oregon shtatida amerikalik ishsiz fuqaro ota-onasining uyiga o‘t qo‘yib, otasini o‘ldirdi va ikki piyodani mashinada bosib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Biz bularning barchasi qasddan sodir etilgan deb hisoblaymiz”, — deydi Springfild shahri politsiya serjanti Devid Lyuis.
Hodisa 15-noyabr, yakshanba kuni yuz berdi. Tergovning aniqlashicha, 31 yoshli ishsiz fuqaro Maykl Brayant ota-onasi yashaydigan uyga o‘t qo‘ygan. Jinoyatchining 62 yoshli onasi uydan chiqishga muvaffaq bo‘lgan, biroq uning 64 yoshli eri olov ichida qolib, halok bo‘lgan. Ularning o‘g‘li olib qochgan avtomobilda 20 daqiqa oralig‘ida ikki marta kishilar ustidan haydab o‘tgan. Piyodalardan ikki nafari halok bo‘lgan, yana biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Jinoyatchi qo‘lga olinib, sudga topshirilgan. Huquq-tartibot xodimlari uning harakatlari sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)