Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq Bayrut tashqarisidagi portlashlardan so‘ng emas, Parijdagi teraktlardan keyin “xavfsizlikni tekshirish” degan yangi funksiyani ishga tushirgani sababini tushuntirib berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Ushbu funksiya Facebook foydalanuvchilariga ular xavfsizlikda ekanligi va jabrlanmagani haqida xabar qilish imkonini beradi.
Sukerberg aniqlik kiritishicha, ushbu funksiya faqat tabiiy ofatlar uchun ishlab chiqilgan, “endi esa uni odam qo‘li bo‘lgan halokatlarga moslashtirishmoqda”.
“Bu borada savollar va muammolar bilan murojaat qilayotganlarning barchasiga rahmat aytib qolaman. Siz haqsiz: dunyoda boshqa muhim nizolar ko‘p. Biz barcha odamlar haqida bir xil qayg‘uramiz va kishilarga turli vaziyatlarda imkon qadar yordam berish uchun ishlaymiz”, — dedi Sukerberg.
Facebook jamoasi ijtimoiy tarmoqdagi o‘z nyusrumida “yirik halokatlar sodir bo‘lganida odamlar foydalanishi mumkin bo‘lgan foydali instrument yaratish”ni istashi haqida aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Parijdagi teraktdan so‘ng internetda eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biri Facebook’ning “xavfsizlikni tekshirish” funksiyasi bo‘ldi — ijtimoiy tarmoq o‘zining fransiyalik foydalanuvchilariga mazkur xizmatdan foydalanish imkonini taqdim etdi, biroq bir kun avval Bayrutda yuz bergan teraktni Facebook e’tiborsiz qoldirgandi.
Izoh (0)