Moskva shimoli-g‘arbidagi o‘zbeklar tomonidan ochilgan kafega uyushtirilgan hujum mulkka egalik qilish huquqi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbaga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Ayni vaqtda hujum qilganlarni qidirish bilan birga politsiya ushbu muassasaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ham tekshirib chiqmoqda”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Bir qator OAVlar bergan xabarga ko‘ra, niqob taqqan 19 nafar bosqinchi beysbol tayoqlari bilan Aviatsiya ko‘chasidagi “Ya Samarkand” kafesini ostin-ustun qilgan. Bezorilardan qutulishga uringan kafe xodimlaridan biri, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxs 2-qavat derazasidan sakrab, oyog‘ini sindirib olgan edi.
Izoh (0)