Ingushetiyadagi Ekajevo aholi yashash punktida sodir bo‘lgan yong‘inda 12 yoshli Magomed Albogachiyev o‘z singillarini qutqarib qoldi. Uning bu qahramonlik ishini Ingushetiya rahbari Yunus Bek Yevkurov munosib taqdirladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
7-noyabr kuni Albogachiyevlar xonadonida yong‘in kelib chiqadi. Bu vaqtda uyda 12 yoshli Magomed va uning Dana va Rayana ismli singillari bor edi. Tutun hidini payqagan bola ko‘chaga yugurib chiqadi va singillari o‘ynayotgan oshxonada yong‘in bo‘layotganining guvohi bo‘ladi.
Bola yong‘inni ko‘rgach, boshiga nam sochiqni yopib olib, o‘zini olov ichiga uradi. Birinchi Danani, so‘ngra 5 yoshli Rayanani tashqariga olib chiqadi.
Ingushetiya Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Koloyevning ma’lum qilishicha, Magomed Albogachiyev Rossiya FVVning “Yong‘inga qarshi jasorati uchun” medali bilan taqdirlanadi.
Izoh (0)