Rossiya A321 samolyotining Misrdagi halokatini o‘rganayotgan tergovchilar samolyot bortiga o‘rnatilgan taymer soat ikkiga belgilanganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Hozirgi paytda ushbu ma’lumot terrorchilar o‘rtasidagi so‘zlashuvlar tahlili yoki samolyot parchalarini ko‘zdan kechirish yordamida olinganligini tasdiqlovchi aniq ma’lumot yo‘q.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash qurilmasi yoqilg‘i baki yaqiniga o‘rnatilgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Misr AQSh Federal tekshiruvlar byurosining (FTB) A321 aviahalokati tekshiruvida ko‘mak berish bo‘yicha taklifini qabul qilgan edi.
Izoh (0)