Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning bir qator telekanallariga maxfiy ma’lumotlar chiqib ketganligini tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Avvalroq prezidentning mudofaa mavzusidagi yig‘ilishida olingan telesyujetlarda harbiy tizimning maxfiy ma’lumotlari namoyish etilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
“Haqiqatan ham ba’zi maxfiy ma’lumotlar kamera obyektiviga tushib qolgan, shuning uchun ular keyinchalik o‘chirilgan. Bu holatning boshqa takrorlanmasligiga umid qilamiz”, — deydi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda bu kabi holatlarning takrorlanmasligi uchun oldini oluvchi choralar qabul qilinadi.
Izoh (0)