AQSh prezidenti Barak Obama Eronga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda davlat rahbarining vakillar palatasi spikeri va senat rahbariga yo‘llagan maktubida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Eron bilan munosabatlarimiz me’yoriy holatga qaytgani yo‘q va mamlakat bilan 1981-yil, 19-yanvarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni davom etmoqda. Shu sababli 1979-yil 14-noyabrda e’lon qilingan milliy favqulodda holat tartibi 2015-yil 14-noyabrdan so‘ng ham davom ettirilishi kerak”, — deya ta’kidlangan hujjatda.
AQSh Eron yadro dasturiga oid sanksiyalardan tashqari, boshqa qator yo‘nalishlarda ham sanksiyalarni saqlab qolgan.