Xitoy poytaxti Pekin shahrida 11-13-noyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar ekspertlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Xabar berishlaricha, yig‘ilishda O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi.
“Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari xalqaro axborot xavfsizligining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)