Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

10-noyabr kuni Nukusdagi ko‘rgazmali seminarda Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlaridagi fermer va dehqonchilik xo‘jaliklarining iqlim o‘zgarishiga bardoshliligini oshirish yo‘llari muhokama qilindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Bunday tadbir 12-noyabr kuni Kegayli tumanida ham bo‘lib o‘tadi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Seminarlar BMT Taraqqiyot dasturi va Gidrometeorologik xizmat markazining hamkorlikdagi “O‘zbekistonning qurg‘oqchil tumanlarida fermer va dehqonchilik xo‘jaliklarining iqlim jihatidan bardoshliligini ta’minlash” loyihasi doirasida tashkil qilinmoqda.

Nukus va Kegaylidagi seminarlarda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatning birinchi yili natijalari ko‘rib chiqilmoqda, iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun gidrometeorologik va iqlim nazoratini mukammallashtirish zarurligi muhokama qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)