Indoneziyaning narkotiklarga qarshi kurash agentligi narkotiklar savdosi uchun bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilganlarni timsohlar qo‘riqlaydigan qamoqxona qurishni taklif etdi. Bu haqda The Telegraph manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Agentlik rahbari Budi Vaseso shunday taklifni ilgari surgan va “qamoqxonani saqlashga qodir beshafqat timsohlar”ni qidirish maqsadida mamlakatning turli hududlariga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, qamoqxona qo‘riqchilaridan farqli ravishda, timsohlar narkosavdogarlarni qochishdan tiyib turishi aniq.
“Timsohni pul evaziga o‘ziga ag‘darib bo‘lmaydi. Uni hibsdan qochishda yordam berishga majbur ham etolmaysiz”, – deya ta’kidlagan Budi Vaseso.