A321 aviahalokati qurbonlari jasadlari ekspertizasi 10-noyabr, seshanba kechki payt yakuniga yetdi. Jasadlar Moskvadagi sud-tibbiy ekspertiza markaziga yetkazilgan. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Genetik ekspertiza to‘liq yakuniga yetdi. Ayni paytda Tergov qo‘mitasi bilan birga genetik materialning verifikatsiyasi olib borilmoqda”, — deya ta’kidlagan Skvorsova.