Misr AQSh Federal tekshiruvlar byurosining (FTB) A321 aviahalokati tekshiruvida ko‘mak berish bo‘yicha taklifini qabul qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Samex Shukri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz amerikaliklardan tergov guruhi tarkibida qatnashish yuzasidan taklif oldik va zudlik bilan uni ma’qulladik”, — deya ta’kidlagan Shukri. Vazir bunday qarorni AQSh Airbus samolyotlarida o‘rnatilayotgan dvigatellarni ishlab chiqarishda ishtirok etishi bilan izohladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq FTB Rossiya va Misrga A321 halokatini tekshirishda yordam taklif etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.