Moskva janubi-g‘arbidagi Rossiya fanlar akademiyasi binosida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Poytaxt huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, bir kishi halok bo‘ldi.
“Portlash Lenin prospektida joylashgan akademiya binosining xonalaridan birida yuz berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi”, — deydi huquq-tartibot xodimi.
“Germetiklikning buzilishi ballonni quvvatlantirishda Rossiya fanlar akademiyasi binosining minus to‘qqizinchi qavatida yuz berdi. Bir kishining halok bo‘lganligi va yana bir kishining jabrlanganligi haqida ma’lum qilindi”, — deyiladi poytaxt favqulodda xizmatlar xabarida.
Izoh (0)