Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati noyabr oyida poytaxt yo‘llarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari jadvalini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ushbu jadvaldan quyidagi ko‘chalar o‘rin olgan:1.Chilonzor tumani, “Muqimiy” ko‘chasida “Dream Constraction” MChJ tomonidan o‘rta bosimli gaz tarmoqlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning yakunlanish muddati 09.11.2015.2. Yunusobod tumani, “Ahmad Donish” ko‘chasidan “Abdulla Qodiriy” ko‘chasigacha “SU-50” (“12-Trest” OAJ) tomonidan qurilayotgan “Hayat” mehmonxonasi binosi uchun bosqichma-bosqich o‘rta bosimli gaz tarmoqlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning yakunlanish muddati 26.12.2015.3. Yakkasaroy tumani, KXAY (X.Umarova) ko‘chasida MChJ “4-son ta’mirlash qurilish yig‘ish boshqarmasi” tomonidan issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning yakunlanish muddati 21.11.2015.4. M.Ulug‘bek tumani, “Ziyolilar” ko‘chasida “4-son ta’mirlash qurilish yig‘ish boshqarmasi” MChJ tomonidan issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning yakunlanish muddati 12.11.2015.5. Uchtepa tumani, TXAY ko‘chasida “4-son ta’mirlash qurilish yig‘ish boshqarmasi” MChJ tomonidan issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning yakunlanish muddati 12.11.2015.6. Shayxontohur tumani, “general Uzoqov” ko‘chasida “4-son ta’mirlash qurilish yig‘ish boshqarmasi” MChJ tomonidan issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning yakunlanish muddati 22.11.2015.7. Uchtepa tumani, “Sakkokiy”, “Mahorat” va “Sharof” ko‘chalari bo‘ylab “ToshShahETK” tashkilotiga tegishli katta kuchlanishli kabel tarmog‘ini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning yakunlanish muddati 01.12.2015.
Mazkur ro‘yxatga videokuzatish kameralari o‘rnatilishi hamda tramvay yo‘nalishlari demontaji bilan bog‘liq ishlar kiritilmagan. Shuningdek, turli favqulodda sabablar, jumladan, avariya holatlari tufayli tezkor sozlash, qazish va ta’mirlash ishlarining olib borilishi ham bundan mustasno.
Izoh (0)