Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida istiqomat qiluvchi erkak o‘z qizini 9 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasining 5-noyabr sonida axborot berilgan.
Xabar berishlaricha, Qiziriq tumanida yashovchi fuqaro 2008-yil 25-martda tug‘ilgan qizini 9 million so‘mga sotishga qaror qilgan. U xaridordan 5 million so‘mni olgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Qayd etishlaricha, qizini sotayotgan fuqaroni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor tadbir qizni sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor ayolning arizasiga asosan tashkil etilgan.
Izoh (0)