Masjidul Haramdagi qayta qurilish va ta’mirlash ishlari 2016-yil Ramazon oyiga qadar butunlay yakuniga yetkazilishi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, Masjidul Haram oldin bir million namozxonni o‘z ichiga sig‘dirgan bo‘lsa, qurilish-ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetgach, to‘rt million namozxonni qabul qiladi.
Shuningdek, Masjidul Haramdagi qayta qurish ishlari tugatilgach, loyihaga ko‘ra, Madina shahridagi Payg‘ambar alayhissalomning masjidi – Masjidun Nabaviy ham kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)