29-oktabr kuni Quyoshda koronal massaning otilishidan so‘ng Yerda magnit bo‘roni boshlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
3-noyabr, seshanba tongida Yerga Quyoshdagi koronal o‘radan chiqayotgan kuchli oqim yetib keldi. Quyoshdan kelayotgan shamolning tezligi sekundiga 600 kilometrga yetdi.
Kosmik ob-havo ma’lumotlariga qaraganda, 4-noyabr kuni Quyoshdagi chaqnash faolligi past darajadan o‘rtacha darajagacha bo‘lib, geomagnit maydoni o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)