Saudiya Arabistoni noturar-joylarda suvning narxini oshiradi, deb xabar beradi “RBK” mahalliy OAVga tayanib.
Jumladan, al-Watan nashrida yozilishicha, sanoat va hukumat binolaridagi iste’molchilar, shuningdek, katta korporatsiyalar binolarida uning narxi ikki barobardan ko‘proq, ya’ni to‘qqiz realgacha oshiriladi, bu esa suvning bir kubometri uchun 2,40 dollarga teng keladi.
Mamlakat OAVning yana birida ta’kidlanishicha, narxlarning bu tarzda oshirilishiga sabab suv iste’molini kamaytirish va uning behuda sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Reuters’ning ta’kidlashicha, suvning narxini oshirishdan budjetdagi defitsitni qoplash ham ko‘zlangan. Undagi defitsit neft narxining pasayishi munosabati bilan 100 milliard dollargacha oshgan.
Izoh (0)