Myanma shimoli-g‘arbida daryo paromining halokatga uchrashi oqibatida kamida olti kishi qurbon bo‘ldi, yana olti kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, “TASS” xabar beradi.
65 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan kema 1-noyabr, yakshanba kuni Chinduin daryosida cho‘kib ketdi. Halokat sabablari haqida ma’lum qilinmadi.
Qutqaruvchilar yo‘qolgan yo‘lovchilarni topish uchun qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)