Pxenyanda yirik ilmiy-texnik kompleks ochildi. Kecha, 29-oktabr kuni markazga KXDR rahbari Kim Chen In shaxsan tashrif buyurdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Xalq bilan suhbat chog‘ida rahbar “ilm-fan va texnologiyani rivojlantirish partiya siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini” ta’kidladi.
Tashrifdan bir necha soat o‘tib, Seulda GS&J Institute Janubiy Koreya ilmiy instituti KXDRga kelgusi yilda oziq-ovqat mahsulotlarining jiddiy yetishmovchiligi xavf solishi ta’kidlangan hisobotni e’lon qildi. Ekspertlarning fikricha, Shimoliy Koreyada oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi 2016-yilda 1 million tonnaga yetishi mumkin.
Izoh (0)